WordSet telefon, profil, o‘rganish natijalari va siz yuborgan xabarlarni xizmatni taqdim etish uchun saqlaydi. Private setlar faqat ruxsat berilgan foydalanuvchilarga ochiladi. Ma’lumotlaringizni eksport qilish, shikoyat yuborish va hisobni o‘chirish mumkin. Parol va tokenlar ochiq holatda saqlanmaydi.
Qaysi ma’lumotlar ishlatiladi
Kirish uchun telefon raqami yoki o‘zingiz kiritgan email, ism, tug‘ilgan yil, vaqt mintaqasi va ixtiyoriy avatar/bio saqlanadi. Yaratgan set va so‘zlaringiz, mashq javoblari, progress, do‘stlik, chat xabarlari, yuborgan fayllaringiz hamda yordam murojaatlaringiz hisobingiz bilan bog‘lanadi. Sessiya xavfsizligi uchun qurilma tavsifi, IP va kirish vaqti qayd etiladi. Ixtiyoriy push yoqilganda qurilmaning bildirishnoma tokeni va o‘rnatish identifikatori sessiyaga bog‘lanadi.
Foydalanish maqsadi
Ma’lumotlar hisobga kirish, o‘rganish natijasini saqlash, kontent ulashish, aloqa, eslatmalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun ishlatiladi. WordSet ilova kodida reklama yoki uchinchi tomon kuzatuv analitikasi yoqilmagan. Integratsiya ishlamasa, yuborish yoki to‘lov bajarildi deb ko‘rsatilmaydi.
Ulashish va ko‘rinish
Public qilib nashr etilgan setlar katalogda ko‘rinadi. Private setlar siz va ruxsat berilgan foydalanuvchilarga ochiladi. Suhbat kontenti ishtirokchilarga, zarur moderatsiya holatida vakolatli administratorga ko‘rinadi. SMS tasdiqlash va ixtiyoriy email tiklash uchun tegishli aloqa provayderiga zarur manzil va xabar yuboriladi. Pushni yoqsangiz, Firebase Cloud Messaging va Apple Push Notification service umumiy bildirishnoma matni, bildirishnoma identifikatori va qurilma tokenini qayta ishlaydi; private chat matni pushga kiritilmaydi. Haqiqiy AI tavsiyasini so‘rasangiz, kiritgan mavzu, tanlangan tillar, daraja va so‘zlar soni OpenAIga yuboriladi. Bu so‘rovga profilingiz, private setlaringiz yoki chat tarixi qo‘shilmaydi. Qo‘ng‘iroqda aloqa o‘rnatish va media uzatish uchun qurilmalarning tarmoq manzillari ishlatiladi; server qo‘ng‘iroq videosi yoki audiosini yozib saqlamaydi.
Qurilma ruxsatlari
Mikrofon faqat ovoz yozish yoki qo‘ng‘iroqda, kamera faqat video qo‘ng‘iroqda so‘raladi. Ruxsatni rad etish mumkin; tegishli funksiya ishlamaydi, boshqa mashqlar ochiq qoladi. Tanlangan fayllar faqat yuklashni tasdiqlaganingizda serverga yuboriladi. Mahalliy eslatmalar va push bildirishnomalarni profil yoki qurilma sozlamalarida boshqarasiz. Joylashuv va telefon kontaktlari so‘ralmaydi.
Eksport va hisobni o‘chirish
Profil sozlamalarida ma’lumotlaringizni eksport qilish va hisobni o‘chirish mavjud. O‘chirish oldidan yaqinda kirganingiz yoki SMS/parol orqali qayta tasdiqlashingiz tekshiriladi. Kirish sessiyalari, profil ma’lumotlari, shaxsiy o‘rganish tarixi va mualliflik kontenti ishchi bazadan o‘chiriladi yoki mazmunsiz yozuvga almashtiriladi. Siz yuborgan chat matni o‘chirish belgisi bilan almashtiriladi; suhbatdoshingizning o‘z xabarlari va uning olgan ballari saqlanadi. Server fayllari o‘chiriladi; storage vaqtincha ishlamasa qayta urinish davom etadi. Boshqa foydalanuvchi avval mustaqil yuklab olgan nusxani qurilmasidan masofadan o‘chirish mumkin emas.
Saqlash va xavfsizlik
Faol hisob ma’lumotlari xizmatni taqdim etish uchun saqlanadi. Parollar hash, tiklash va refresh tokenlari hash, email tiklash navbati shifrlangan shaklda saqlanadi. O‘chirilgan hisobning matnsiz texnik identifikatorlari bog‘lanishlar, xavfsizlik va audit uchun qolishi mumkin. Server zaxiralari ishchi bazadan alohida himoyalanadi; production saqlash muddati va tiklashdan keyin o‘chirishlarni qayta qo‘llash tartibi release konfiguratsiyasida tasdiqlanishi kerak.
Murojaat
WordSet yordam sahifasida yoki profilning Yordam bo‘limida maxfiylik, hisob yoki kontent bo‘yicha murojaat yuborishingiz mumkin. Hisobni o‘chirish tartibi alohida ochiq sahifada ham berilgan.